muhammad yusuf

O‘zbek she’riyatining chinakam kuychisi — Muhammad Yusuf yodga olindi!

O‘zbekiston xalq shoiri, vatanparvarlik timsoli bo’lgan Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha ko‘tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

​Tadbir davomida iqtidorli o‘quvchilarimiz tomonidan shoirning qalamiga mansub eng sara she’rlar jarang sochdi. Vatan, ona, muhabbat va sadoqat haqidagi teran satrlar yig‘ilganlar qalbiga chuqur kirib bordi. Ayniqsa, o’quvchilarimiz ijrosidagi sahna ko’rinishlari va adabiy kompozitsiyalar barchaga o’zgacha manzur bo’ldi.

​Muhammad Yusuf she’riyati yosh avlodda nafaqat vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, balki ularning nutq madaniyatini o’stirish, go’zal o’zbek tiliga bo’lgan mehrini uyg’otishda beqiyos ahamiyatga ega.
​Shoir xotirasi va uning samimiy satrlari qalblarimizda mangu barhayot!

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *