🎓 Bugun azim Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Buyuk sharq renessansi” xalqaro olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘ta ko‘tarinki ruhda, faxr va g‘urur bilan kechdi. Shu munosabat bilan Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabida mutlaq g‘oliblar tantanali taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
⚫️ Marosimda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Fan olimpiadalari markazi (https://t.me/Fan_olimpiadalari_M/9665?single) direktori T. Shermatov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, mutasaddilar va OAV vakillari ishtirok etdi.
🇹🇷🇦🇿🇰🇬🇹🇯🇺🇿 Olimpiadada Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 40 nafar iqtidorli o‘quvchi qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 8 nafar ishtirokchi qatnashib, jami 8 ta medal bilan olimpiadani yakunladi.
“Bugun biz buyuk ajdodlarimiz merosiga munosib voris ekanligimizni yana bir bor isbotladik. Ushbu olimpiada nafaqat bilim sinovi, balki sharq sivilizatsiyasiga bo‘lgan muhabbat va hurmatning ifodasidir. Barcha ishtirokchilarga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Sizlar – kelajagimizning yorug‘ chiroqlarisiz!” — dedi Sevara Shakirova yopilish marosimida.
📚 Olimpiada topshiriqlari xalqaro standartlar asosida baholandi. Sinovlar ikki turda o‘tkazildi:
1-tur – buyuk allomalar tarixi,
2-tur – tarixiy memorial obidalar tasnifi.
🥇 Oltin medal sohiblari
🇺🇿O‘zbekiston A jamoasi:
🟢Sohibjon Kobuljonov,
🟢Asilbek Kayumov,
🟢Madina Karimjonova,
🟢Muhammad Primboev
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchisi Karimjonova Madina ham olimpiada g‘olibi bo’lib oltin medal sohibasiga aylandi
