📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha may oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
✏️ imtihonning yozma qismi — 16-17-, 23-24- va 30-31-may (shanba, yakshanba) kunlari;
🎙gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 5-maydan 12-iyungacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi..
🆔 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
🗺 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-02
